Published June 12, 2026 | Version v1

ALI XORAZMIY VA UNING ILMIY MEROSI

Description

Mazkur maqolada XVI asrda ilmiy faoliyat olib borgan huquqshunos olim (faqih) Ali ibn Muhammad Ali Xorazmiy hayoti va ilmiy merosi    o‘rganilgan.    Olimning    otasi    ham    mazkur    davrning    taniqli huquqshunoslaridan bo‘lgan. Ali Xorazmiy Buxoroda muftiy lavozimida faoliyat olib borgan bo‘lib, Shayboniyxon va Ubaydullohxonga atab yozgan fatvolar to‘plami bilan tanilgan. Bundan tashqari olim o‘nga yaqin asarlar muallifi hisoblanadi. Ali Xorazmiy ilmiy adabiyotlarda kam o‘rganilgan, lekin o‘z davri uchun muhim va mashhur shaxsiyatlardan biridir. Maqolada olimning to‘liq nomi, Buxorodagi faoliyati to‘g‘risida ham yangi ma’lumotlar berilgan.
Maqolada olimning ilmiy merosi bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Uning asarlarining qo‘lyozma nusxalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Asarlarining tarkibiy tuzilishi va ma’no-mazmuni tahlil qilingan.

Files

122-131.pdf

Files (348.7 kB)

Name Size
md5:9c5a897cd76bf99c3b58531861d8246b
348.7 kB Preview Download