QO'QON XONLIGINING XALQARO SAVDO ALOQALARI, SAYYOH VA ELCHILAR ESDALIKLARIDA: TARIXIY MANBALAR TAHLILI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada XVIII asrda Qo‘qon xonligining O‘rta Osiyo xalqlari, shuningdek, Xitoy, Sharqiy Turkiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan vositachi davlat bo‘lib qolganligi haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Shuningdek, Xitoy tovarlari Qo‘qon xonligi orqali Buxoro va Xiva xonliklariga, ular orqali esa Sharq davlatlariga kirib borganligiga izoh beriladi. Qo‘qon xonligining Rossiya bilan aloqasi alohida ahamiyatga ega bo‘lganligi, Toshkentning xonlik tasarrufiga kiritilishi bilan Rossiyaning Qo‘qon xonligiga kirib borishi haqida ayrim ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, maqolada O‘rta Osiyo xonliklarining tashqi iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida ayrim ma’lumotlarni to‘liq tasavvur qilish imkonini berilgan.