HAKIM TERMIZIYNING BILISH NAZARIYASI
Authors/Creators
Description
Ushbu tadqiqotda Hakim Termiziyning epistemologiyasi islom tafakkurining muhim tushunchalaridan biri sifatida ko‘rib chiqiladi, bu yerda aql, naql va ma’naviy tajriba o‘lchovlari yaxlit doirada kesishadi. Termiziyning bilish nazariyasi uning shariat maqsadlari tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq. Uning epistemologik qarashlari islom shariati doirasida shakllangan. Hakim Termiziyning epistemologiyasi matnlar germenevtikasiga tayanadi. U matnlarni tor va harfiy tushunishdan voz kechib, shariat maqsadlari doirasida tushunish, hikmatlarni anglab yetish, ma’naviy jihatlarni qamrab olish masalasiga e’tibor qaratadi. Zohiriy omil faqat masalaning tashqi po‘stlog‘inigina tashkil etadi.
Hakim Termiziyning epistemologik qarashlari tasavvuf va fiqh uyg‘unlashuviga xizmat qilgan. Natijada fiqh adabiyotida “shariat sirlari” degan alohida janr shakllangan bo‘lib, u yerda shar’iy hukmlarning ko‘zga ko‘rinmagan hikmatlari va maqsadlari ochib berilgan.