HOZIRGI ZAMON INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA VAQT KATEGORIYASINING FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR YORDAMIDA IFODALANISHI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada tilshunoslikda frazeologik birliklarning vaqtni obrazli ifodalashi haqida ochib berilgan. Bunda vaqt ma’nosi ikki yo‘sinda, ya’ni asosiy (yetakchi) ma’no yoki asosiy ma’noni tashkil etuvchi komponent (sema) sifatida ifodalanadi.Qolaversa, vaqt kategoriyasining ingliz va o‘zbek tillaridagi verbalizatsiyasi va uning tilshunoslikdagi muhim jihatlari ifodalangan. Vaqt kategoriyasining strukturaviy tahlili hamda uning frazeologik birliklarda qo‘llash usullari kabi tahlillar amalga oshirilgan. Hozirgi zamon ingliz va o‘zbek tillarida vaqtning muhimligi va uni jamiyatdagi odamlar bilan muloqot qilishdagi o‘rni tahlil qilingan. Ingliz va o‘zbek tillarining temporal maydonida leksik-frazeologik hamda paremiologik birliklarning tutgan o‘rni ifodalangan bo‘lib, vaqt ma’noli lug‘aviy birliklar komponent tahlil qilinib, tasnif etildi