BADIIY MATNDAGI PARALINGVISTIK VOSITALARNING AYOL MUALLIF NUQTAYI NAZARIDAN IFODALANISHI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Elif Shafakning Havva'nın Üç Kızı romanida qo‘llanilgan paralingvistik vositalar tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi badiiy matnda uchraydigan paralingvistik birliklarning (jest, mimika, intonatsiya, pauza va boshqalar) funksional-semantik xususiyatlarini aniqlash hamda ularning qahramonlar nutqi va psixologik holatini ifodalashdagi rolini ochib berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida muallif tomonidan shakllantirilgan kartoteka materiallari asosida roman matnidan tanlab olingan misollar tizimli ravishda tahlil qilindi. To‘plangan birliklar G.E.Kreydlin klassifikatsiyasi asosida guruhlarga ajratilib, ularning badiiy nutqdagi qo‘llanish xususiyatlari o‘rganildi. Kontekstual va tavsifiy metodlar yordamida paralingvistik vositalarning emotsional-ekspressiv yuklamasi hamda kommunikativ vazifalari aniqlashtirildi.