SHINJONG O'ZBEK SHOIRLARINING SHE'RIY UNSURLAR (QOFIYA) QO'LLASH MAHORATI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada XX asr boshlarida Shinjon hududida yashab ijod qilgan o‘zbek shoirlaridan Aziziddin Muhammad o‘g‘li Vasliy (1919-1985) ning she’riy unsurlarni qo‘llash mahorati tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoirlar ijodida metafora, tashbeh, istiora, takror, ramz va boshqa badiiy ifoda vositalarining ishlatilish darajasi va ularning g‘oyaviy-badiiy vazifasi yoritiladi. Maqolada Vasliy ijodi misolida she’riy ifoda vositalarining individual uslub shakllanishidagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, shoir ijodida mumtoz adabiy an’analar bilan zamonaviy badiiy tafakkur uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida tarixiy-adabiy tahlil, qiyosiy va matnshunoslik metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, Vasliy kabi shu davr Shinjong o‘zbek shoirlari she’riy unsurlardan mahorat bilan foydalanib, davr ruhini, ijtimoiy muammolarni va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini badiiy ifodalashda muhim natijalarga erishgan. Ushbu maqola o‘zbek adabiyoti tarixida kam o‘rganilgan mintaqaviy she’riyat an’analarini yoritishga xizmat qiladi.