GSI INTEGRATSIYASI SHAROITIDA O'SMIRLAR KOGNITIV FAOLIYATINING PASSIVLASHUVI VA METAKOGNITIV NAZORAT SAMARADORLIGINING PASAYISHI
Authors/Creators
Description
Zamonaviy ta’limda generativ sun’iy intellekt (GSI) vositalarining keng joriy etilishi talabalarda kognitiv mustaqillik va metakognitiv ko‘nikmalarning inqiroziga olib kelmoqda. Tayyor yechimlarga doimiy tayanish izlanuvchanlikni so‘ndirib, kognitiv passivlik va intellektual tobelikni shakllantirmoqda.
Ushbu tadqiqot GSI ning o‘smirlarning kognitiv mustaqilligi, tanqidiy fikrlash va metakognitiv boshqaruviga salbiy ta’sirini psixologik-pedagogik jihatdan o‘rganishga qaratilgan. Empirik tadqiqot 120 nafar o‘smir ishtirokida o‘tkazildi. Mualliflik so‘rovnomasi va G.Schraw va R.Dennisonning metakognitiv xabardorlik metodikasi qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 67,5% da GSI ga nisbatan chuqur intellektual tobelik shakllangan. Korrelyatsion tahlil GSI ga qaramlik va metakognitiv faollik o‘rtasida kuchli teskari bog‘liqlikni (r = -0,65 dan -0,78 gacha) aniqladi.
Tadqiqot GSI ni talabaning metakognitiv refleksiyasini rag‘batlantiruvchi “sokratik sherik” sifatida ishlatishga yo‘naltirilgan yangi pedagogik yondashuv zarurligini ta’kidlaydi.