IJTIMOIY PSIXOLOGIK SO'ROVNOMA ASOSIDA TALABALARDA VIKTIMLIK POZITSIYASI TUSHUNCHALARI TAHLILI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalarida shaxslararo munosabatlar jarayonida namoyon bo‘ladigan viktim tushunchasi, viktimlik (jabrlanuvchi) pozitsiyasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, oilada viktimlik pozitsiyasi va ota-ona farzand o‘rtasidagi munosabatga oid ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma natijalari asosida tahlil qilingan. Talabalik davri shaxsning ijtimoiy, ruhiy va kasbiy shakllanishida muhim bosqichlardan biri bo‘lib, ushbu davrda sog‘lom shaxslararo munosabatlar o‘rnatish va psixologik jihatdan barqarorlikka erishish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida talabalarning viktimlik tushunchasini anglash darajasi, ularda jabrlanuvchi xulq-atvorining shakllanishiga ta’sir etuvchi shaxsiy (o‘z-o‘zini baholash, lokus nazorat) va ijtimoiy (guruh bosimi, muloqot uslubi) omillar o‘rganildi. So‘rovnoma natijalari talabalarda o‘z-o‘zini baholashning pastligi, shaxsiy chegaralarning aniq emasligi va mas’uliyatdan qochish tendensiyasi viktimlik pozitsiyasini kuchaytiruvchi asosiy omillar ekanligini ko‘rsatdi.