MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY RIVOJLANISH FAOLIYAT JARAYONI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishida faoliyat jarayonining tutgan o‘rni pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Erta bolalik davrida idrok, diqqat, xotira, tafakkur, nutq va tasavvur kabi bilish jarayonlari aynan o‘yin faoliyati davomida shakllanishi, rivojlanishi, mazmunan boyib borishi ilmiy mulohazalar asosida yoritiladi. O‘yin, mehnat, muloqot, tasviriy faoliyat, konstruktiv mashg‘ulotlar hamda elementar bilish topshiriqlari bolaning aqliy faolligini kuchaytiruvchi muhim omillar sifatida baholanadi. Maqolada faoliyatning tashkiliy sifati, kattalar rahbarligi, rivojlantiruvchi muhit va individual yondashuvning ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyatni maqsadli tashkil etish orqali bolalarda mustaqil fikrlash, muammo yechish, sabab-oqibat bog‘lanishlarini anglash va ijodiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi.