KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOG KADRLAR MENEJMENTINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada kasbiy ta’lim tashkilotlarida pedagog kadrlar menejmentini takomillashtirish masalalari kompleks tahlil qilingan. Unda pedagog kadrlarni tanlash, ularning kasbiy rivojlanishi, motivatsiyasi va faoliyatini baholash tizimidagi dolzarb muammolar ochib berilgan. Tadqiqotda xorijiy tajriba, xususan Finlyandiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Singapur mamlakatlaridagi ilg‘or boshqaruv yondashuvlari chuqur o‘rganilib, ularning milliy ta’lim tizimiga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Maqolada pedagog kadrlar menejmentidagi tizimli muammolar – eskirgan boshqaruv mexanizmlari, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi sust hamkorlik, motivatsiya tizimining zaifligi, raqamli texnologiyalarning yetarli joriy etilmaganligi va baholashning subyektivligi kabi masalalar tahlil etilgan. Shuningdek, strategik HR-menejmentni joriy etish, kompetensiyaga asoslangan tanlov tizimini takomillashtirish, uzluksiz kasbiy rivojlanishni ta’minlash, dual ta’lim modelini kengaytirish va raqamli boshqaruv platformalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.