Published June 12, 2026 | Version v1

ONA TILI DARSLARIDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING DIDAKTIK ASOSLARI

Description

Ushbu maqolada ona tili darslarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etishning didaktik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchini tayyor bilimlarni qabul qiluvchi emas, balki til hodisalarini kuzatuvchi, tahlil qiluvchi va amaliy nutqiy vaziyatlarda mustaqil qo‘llovchi subyekt sifatida shakllantirish zarurati kuchaymoqda. Maqolada shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning mazmuni, didaktik tamoyillari, ona tili fanining o‘ziga xos imkoniyatlari hamda darsni rejalashtirish, topshiriqlarni differensiallashtirish, refleksiya va baholash mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchining individual tajribasi, qiziqishi, nutqiy ehtiyoji va kognitiv faolligiga tayangan holda ona tili darslarini tashkil etishning samarali yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijasida ona tili darslarida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv til ta’limi sifati, o‘quv motivatsiyasi, mustaqil fikrlash va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga xizmat qilishi asoslanadi.

Files

21-27.pdf

Files (299.3 kB)

Name Size
md5:64b202d754b99702e1a921a9cf10ceb3
299.3 kB Preview Download