Published June 12, 2026 | Version v1
Journal article Open

DISSIRKULYATOR ENSEFALOPATIYADA KUZATILADIGAN DEPRESSIV HOLATLARNING ERTA DIAGNOSTIKASI VA PROFILAKTIKASI

Description

Ushbu maqolada dissirkulyator ensefalopatiya (DE) bilan kechuvchi bemorlarda kuzatiladigan depressiv holatlarning erta diagnostikasi va profilaktikasi masalalari yoritilgan. DE — miyaning surunkali qon ta’minoti yetishmovchiligi bilan bog‘liq neyrodegenerativ kasallik bo‘lib, unda emotsional beqarorlik, apatiya, motivatsiya yo‘qolishi, ruhiy tushkunlik kabi depressiv simptomlar tez-tez uchraydi.

Maqolada vaskulyar depressiya tushunchasi, uning patogenez asoslari, neyromediator tizimlaridagi disbalans hamda serebral mikrosirkulyatsiya buzilishlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Erta diagnostika uchun klinik-nevrologik baholash, psixometrik testlar (Beck, Hamilton, GDS), MRT/KT, Doppler ultratovush va laborator usullarni birgalikda qo‘llash tavsiya etiladi.

Profilaktika qismida qon bosimi, glyukoza va lipid darajasini me’yorda ushlab turish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, psixoterapiya va nootrop vositalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa sifatida, dissirkulyator ensefalopatiyada depressiv holatlarni erta aniqlash va kompleks profilaktika choralari bemorning hayot sifatini yaxshilaydi hamda kasallikning surunkalashuvini sekinlashtiradi degan ilmiy xulosa keltiriladi.

Files

503-508.pdf

Files (665.0 kB)

Name Size Download all
md5:841bea98916eb207ed9916a71f08bf4d
665.0 kB Preview Download