Published June 8, 2026 | Version v1

O'PKA ARTERIAL GIPERTENZIYASIDA 6 DAQIQALIK YURISH TESTI VA KARDIOPULMONAL TESTNING QIYOSIY TAHLILI

  • 1. Muassasa: Qo'qon universiteti Andijon filiali

Description

O'pka arterial gipertenziyasi (OAG) bemorlarda jismoniy tolerantlikni baholashda 6 daqiqalik yurish testi (6DYT) va kardiopulmonal yurish testi (KPYT) ikki asosiy yondashuv hisoblanadi. Ushbu maqolada ikkala testning diagnostik aniqlik, prognostik qiymat, amaliy qulaylik va klinik qo'llanilish sohalari bo'yicha qiyosiy tahlili o'tkazildi. 6DYT arzon, keng mavjud va OAG xavf stratifikatsiyasida standartlashtirilgan parametr bo'lsa-da, u KPYT ga nisbatan cheklangan fiziologik ma'lumot beradi. KPYT esa ko'proq patofiziyologik ma'lumot, yuqori prognostik aniqlik va qo'shimcha tashxis imkoniyatlarini taqdim etadi. Ikki test bir-birini to'ldiruvchi vosita sifatida ko'rilishi va kombinatsiyada qo'llanilishi tavsiya etiladi. O'pka arterial gipertenziyasi bo'lgan bemorlarni umr davomiyligini va hayot sifatini yaxshilash choralarini ishlab chiqishda 6DYT va KPYT ma'lumotlaridan keng ko'lamda foydalanishni talab etadi. ROC tahlili asosida KPYT ko'rsatkichlari (AUC taxminan 0,84) prognozni bashorat qilishda 6DYT ga (AUC taxminan 0,71) nisbatan statistik jihatdan ahamiyatli ustunlik ko'rsatadi. Biroq 6DYT kundalik hayot faoliyatini yaxshiroq aks ettiradi. Tavsiyalarga ko'ra, 6DYT har 3–6 oyda rutinada, KPYT esa murakkab klinik qarorlar qabul qilishda qo'shimcha vosita sifatida ishlatilishi maqsadga muvofiq.

Files

SIV4I55P1695.pdf

Files (130.6 kB)

Name Size
md5:a050a6dcd9225582e355fe7818d310d4
130.6 kB Preview Download