AYOLLARDA OILAVIY MUNOSABATLARDAN QONIQISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada O‘zbek oilalarida ayollarning oilaviy munosabatlardan qoniqishining psixologik xususiyatlari nazariy jihatdan tahlil qilingan. Oilaviy munosabatlardan qoniqishning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik determinantlar, xususan, emotsional yaqinlik, o‘zaro ishonch, kommunikativ munosabatlar, shaxsiy qadriyatlar hamda oilaviy muhitning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, oilaviy munosabatlar tizimida ayollarning psixologik farovonligi va ruhiy holatiga ta’sir etuvchi omillar ilmiy qarashlar asosida ko‘rib chiqilgan. O‘zbek oilalarining milliy-madaniy xususiyatlari hamda zamonaviy oilaviy munosabatlarda yuz berayotgan ijtimoiy-psixologik o‘zgarishlarning ayollar ruhiy holatiga ta’siri tahlil etilgan.