Published June 6, 2026 | Version v1

TANA VENALARINING EMBRIONAL TARAQQIYOTI VA ASOSIY ANOMALIYALARI

  • 1. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, Tibbiyot fakulteti, Morfologik fanlar kafedrasi o'qituvchisi

Description

Tana venalarining embrional taraqqiyoti murakkab, bosqichma-bosqich kechadigan va organizmning keyingi gemodinamik hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jarayondir. Venoz tizim embrion rivojlanishining dastlabki haftalaridan boshlab shakllanadi va dastlab simmetrik ko‘rinishda bo‘lgan venoz tomirlar keyinchalik qayta tuzilish, regressiya, anastomozlar hosil bo‘lishi va ayrim segmentlarning saqlanib qolishi orqali kattalar organizmidagi murakkab vena tizimini hosil qiladi. Ayniqsa oldingi kardinal venalar, orqa kardinal venalar, subkardinal, suprakardinal va vitellin venalar yuqori kovak vena, pastki kovak vena, azygos tizimi, buyrak venalari, jigar venalari va portal vena tizimi shakllanishida muhim rol o‘ynaydi.
Mazkur maqolada tana venalarining embrional rivojlanishi, venoz tizimning qayta tashkil topish mexanizmlari, pastki va yuqori kovak venaning shakllanishi, azygos va hemiazygos tizimlarining rivojlanishi hamda asosiy tug‘ma venozanomaliyalar ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, vena anomaliyalarining klinik ahamiyati, ularning tasviriy diagnostikada aniqlanishi, jarrohlik va invaziv muolajalardagi xavflari, kardiologiya, radiologiya, embriologiya va anatomiya fanlari bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi.

Files

Boyqobilov S.785-793XXI (2).pdf

Files (275.1 kB)

Name Size Download all
md5:e60cb1d302baca2d08e6b6c90cca66bc
275.1 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Sadler T.W. Langman's Medical Embryology. 14th ed. Wolters Kluwer, 2019
  • 2. Moore K.L., Persaud T.V.N., Torchia M.G. The Developing Human: Clinically Oriented Embryology. 11th ed. Elsevier, 2020
  • 3. Larsen W.J. Larsen's Human Embryology. 6th ed. Elsevier, 2021
  • 4. Schoenwolf G.C., Bleyl S.B., Brauer P.R., Francis-West P.H. Larsen's Human Embryology. 5th ed. Churchill Livingstone, 2015
  • 5. Standring S. Gray's Anatomy: The Anatomical Basis of Clinical Practice. 42nd ed. Elsevier, 2020.