XITOY TILIDA GRAMMATIKLASHUV JARAYONI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada xitoy tilidagi grammatiklashuv (grammaticalization)
jarayoni, uning nazariy asoslari va til taraqqiyotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Grammatiklashuv
jarayonida mustaqil leksik ma'noga ega bo‘lgan so‘zlarning asta-sekin grammatik
birliklarga aylanish mexanizmlari yoritiladi. Maqolada xitoy tilining analitik xususiyati
grammatiklashuv jarayonining faol rivojlanishiga qanday ta'sir ko‘rsatgani ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, 的 (de), 了 (le), 着 (zhe), 过 (guo) kabi grammatik ko‘rsatkichlarning tarixiy
shakllanishi va zamonaviy til tizimidagi vazifalari misollar asosida tahlil etiladi. Tadqiqot
davomida grammatiklashuvning semantik zaiflashuv, sintaktik mustaqillikning kamayishi
va grammatik funksiyaning kuchayishi kabi asosiy belgilari ochib berilgan. Bundan
tashqari, grammatiklashuvning xitoy tilini o‘qitish, tarjima nazariyasi hamda tarixiy
tilshunoslikdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijalari xitoy tili grammatik tizimining
shakllanish qonuniyatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi.
Files
Agzamova Gulrux Ravshan qizi.pdf
Files
(482.5 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:c57c6a01698f0ccbafdf68c6f0324cd5
|
482.5 kB | Preview Download |