AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA QISHLOQ HUDUDLARINING BARQAROR IQTISODIY VA IJTIMOIY TARAQQIYOTINI TA'MINLASH ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada agroturizmning qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishdagi iqtisodiy,
ijtimoiy va ekologik ahamiyati kompleks tarzda tadqiq etilgan. Tadqiqotda agroturizmning qishloq iqtisodiyotini
diversifikatsiya qilish, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy aholi daromadlarini oshirish, xizmatlar sohasini
rivojlantirish hamda hududlarning investitsion jozibadorligini kuchaytirishdagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan
baholangan. Shuningdek, agroturizmning “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini joriy etish, ekologik barqarorlikni
ta’minlash, milliy madaniy meros va an’analarni saqlashdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada O‘zbekistonda
agroturizmni rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari, institutsional asoslari va sohadagi muammolar tahlil
qilingan. Xususan, qishloq infratuzilmasini yanada rivojlantirish, marketing tizimini takomillashtirish, malakali
kadrlar tayyorlash hamda investitsiya faolligini oshirish agroturizm taraqqiyoti uchun muhim yo‘nalishlar sifatida
baholangan. Tadqiqot davomida SWOT-tahlil, tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil va iqtisodiy-statistik usullardan
foydalanilgan.
Tadqiqot natijalari agroturizmni rivojlantirish qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlari yaratish, turizm xizmatlari
hajmini kengaytirish, fermer xo‘jaliklari daromadlarini ko‘paytirish va hududlarning raqobatbardoshligini
oshirishga xizmat qilishini ko‘rsatdi. Shu asosda agroturizm klasterlarini tashkil etish, raqamli marketing
platformalarini rivojlantirish, davlat qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish va “Fermer–Turist–Hudud”
integratsion modelini amaliyotga joriy etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Files
Aliqulov Humoyun Tohir o‘g‘li.pdf
Files
(6.4 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:7ff040782fac2dd0f4f41e35be50a977
|
6.4 MB | Preview Download |