Published June 6, 2026 | Version v1

SUD-BALLISTIKA EKSPERTIZALARINI O'TKAZISH JARAYONIDA EKSPERIMENTAL TADQIQOT USULLARIDAN FOYDALANISH

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada sud-ballistika ekspertizalarini o‘tkazish jarayonida eksperimental tadqiqot usullarining ahamiyati, ularni qo‘llashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Sud-ballistik ekspertizalarda ekspert eksperimenti qurol, o‘q-dori va o‘q otish izlarini aniqlash hamda ularning o‘zaro bog‘liqligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, eksperimental tadqiqotlar yordamida ish bo‘yicha ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarni tiklash va baholash imkoniyatlari yoritilgan. Ilmiy-texnika taraqqiyotining zamonaviy bosqichida barcha turdagi ekspertizalarda dialektik, umum ilmiy va maxsus tadqiqot metodlaridan foydalanmasdan ko‘rilayotan ish bo‘yicha odil sudlov ehtiyojlari uchun kerakli vazifalarni bajarishga qaratilgan tadqiqotlarni o‘tkazish, ekspert eksperimentining asosiy va maxsus maqsadlariga erishib bo‘lmaydi deb xulosa qilingan hamda ekspert eksperimentini sud ekspertizasining majburiy bosqichi hisoblash kerakligi tavsiya qilingan.

Files

CAJEI 0524.pdf

Files (314.2 kB)

Name Size Download all
md5:1d1588c438c7b6fb64cd85db8b45b662
314.2 kB Preview Download