Published May 1, 2026 | Version v1

MAXSUS IQTISODIY ZONALARDA RAQAMLI SOLIQ MA'MURIYATCHILIGINI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL MODELI

Description

Mazkur tadqiqotda maxsus iqtisodiy zonalarda raqamli soliq ma’muriyatchiligini shakllantirishning konseptual
modeli tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi erkin iqtisodiy zonalarda soliq boshqaruvini zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Tadqiqot natijalari
shuni ko‘rsatadiki, raqamli platformalarga asoslangan soliq boshqaruvi tizimi soliq jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni
integratsiya qilish hamda nazorat mexanizmlarini kuchaytirish orqali soliq ma’muriyatchiligining samaradorligini
oshiradi. Shuningdek, elektron ro‘yxatdan o‘tish, elektron deklaratsiya, elektron to‘lov tizimlari va real vaqt rejimida ma’lumot
almashinuvi soliq organlari hamda biznes subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada soddalashtiradi. Tadqiqotda
sun’iy intellekt asosidagi tahlil, blokcheyn texnologiyasi hamda bulutli platformalar kabi innovatsion yechimlarning soliq
nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Natijada, raqamli soliq ma’muriyatchiligini joriy etish maxsus
iqtisodiy zonalarda shaffoflikni oshirish, investitsiya muhitini yaxshilash va iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirishga xizmat
qilishi asoslab beriladi.

Files

252. To‘rayeva Nafisa Odiljonovna.pdf

Files (2.5 MB)

Name Size Download all
md5:1bd4a5e065df57ff8c4ff19e313e7813
2.5 MB Preview Download

Additional details