Published June 5, 2026 | Version v1

AKT YORDAMIDA OʻQUVCHILARNING MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

  • 1. Shahrisabz davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim nazariyasi kafedrasi assistent o'qituvchisi
  • 2. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi

Description

Mazkur maqolada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yordamida o'quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta'lim tizimida AKT vositalaridan samarali foydalanish o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish, mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish hamda muammolarni hal etish qobiliyatlarini rivojlantirishning muhim omili sifatida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida interaktiv metodlar, elektron ta'lim platformalari, virtual laboratoriyalar, multimedia vositalari va ta'limiy o'yinlarning o'quvchilarning mantiqiy fikrlashiga ta'siri o'rganilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy va mahalliy olimlarning AKTni ta'lim jarayoniga integratsiyalash hamda o'quvchilarning tanqidiy va tahliliy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga oid ilmiy qarashlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari AKT vositalari asosida tashkil etilgan ta'lim jarayoni o'quvchilarning axborotni izlash, tahlil qilish, umumlashtirish va amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko'rsatdi. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'quvchilarning darsdagi faolligini oshirishi va mustaqil ta'lim olishga bo'lgan motivatsiyasini kuchaytirishi aniqlandi.

Files

YOV4I54P1596.pdf

Files (98.1 kB)

Name Size Download all
md5:28c8ca61e70bf98ca9fee400f9f4e7fc
98.1 kB Preview Download