Published June 5, 2026 | Version v1

ENDOMETRIT (BACHADON YALLIG'LANISHI)

  • 1. KUAF. Davolash ishi yo'nalishi 2-kurs talabasi.
  • 2. KUAF. Biokimyo fani assistenti
  • 3. Worldly Knowledge Publishing Centre

Description

Endometrit  bachadon ichki qavati bolgan endometriyning yallig‘lanishi bilan kechadigan murakkab ginekologik kasallik bo‘lib, u ko‘pincha bakterial infeksiyalar, tug‘ruqdan keyingi asoratlar, abortdan so‘nggi holatlar hamda intrauterin muolajalar natijasida rivojlanadi. Kasallik patogenezida mikroorganizmlarning to‘qimaga kirib borishi bilan birga, immun tizimning faollashuvi, yallig‘lanish mediatorlari (sitokinlar, interleykinlar, TNF-α), prostaglandinlar sintezi va oksidlovchi stress jarayonlari muhim rol o‘ynaydi. Ushbu biokimyoviy o‘zgarishlar endometriy hujayralarining shikastlanishiga, qon tomir o‘tkazuvchanligining oshishiga va to‘qimalarda destruktiv jarayonlarning rivojlanishiga olib keladi. Endometrit klinik jihatdan qorin pastida og‘riq, isitma, patologik ajralmalar va hayz siklining buzilishi bilan namoyon bo‘lib, og‘ir holatlarda bepushtlik va surunkali yallig‘lanish jarayonlariga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada endometritning ginekologik ahamiyati, biokimyoviy mexanizmlari va immunologik asoslari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan.

Files

425-429.pdf

Files (146.4 kB)

Name Size Download all
md5:24f876669ca27e3b1db888f8a7cf7ea9
146.4 kB Preview Download