Huquqiy Diskursdagi Qo'shma So'zlarning Kognitiv-Semantik Tabiyati va Ularni O'qitishning Pedagogik-Metodik Asoslari (Ingliz va O'zbek Tillari Misolida)
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi huquqiy qo‘shma so‘zlarning kognitiv-semantik xususiyatlari va ularni oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning pedagogik-metodik muammolari qiyosiy va lingvodidaktik jihatdan tadqiq etilgan. Huquqiy terminologiya o‘zining tarixiy konservativligi, tizimliligi va semantik zichligi bilan boshqa ijtimoiy-siyosiy leksikadan tubdan ajralib turadi. Bu o‘ziga xoslik oliy o‘quv yurtlarida bo‘lajak yuristlar hamda professional tarjimonlarni tayyorlash jarayonida mutlaqo yangcha va interaktiv pedagogik yondashuvlarni qo‘llashni taqozo etadi. Tadqiqot davomida til iqtisodiyoti tamoyili asosida shakllangan inglizcha kompozitlar va ularning o‘zbek tilidagi strukturaviy-funksional muobillari tahlil qilindi. Maqolada ushbu murakkab tarkibli qo‘shma terminlarni talabalarga tizimli o‘rgatishda kognitiv freym texnologiyalari hamda keys-stadi (case-study) kabi interaktiv metodikalardan foydalanishning samaradorligi lingvodidaktik va tajriba-sinov nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilingan. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy mexanik yodlash usuli talabalarda kontekstual xatolarni keltirib chiqaradi, freym modellashtirish esa ularning lingvistik va kasbiy kompetensiyasini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada taklif etilgan metodik tavsiyalar oliy ta’lim muassasalarida maxsus maqsadlarga yo‘naltirilgan ingliz tili (ESP) hamda yuridik tarjima amaliyoti darslarining o‘quv dasturlari va darsliklarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Files
8. Nazarov Sardor Shamurodovich.pdf
Files
(488.0 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:c2558ce47f77e827162bffa208336843
|
488.0 kB | Preview Download |