DIABETIK RETINOPATIYANI DAVOLASHDA FENOFIBRAT QO'LLASH EFFEKTIVLIGINI BAHOLASH
Authors/Creators
Description
Qandli diabet dunyo sog‘liqni saqlash tizimining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Xalqaro diabet federatsiyasi (IDF Atlas, 2023) ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 537 milliondan ortiq inson qandli diabet bilan kasallangan bo‘lib, 2050 yilga borib ushbu ko‘rsatkich 1,3 milliard kishiga yetishi prognoz qilinmoqda. Qandli diabetning eng og‘ir mikroangiopatik asoratlaridan biri diabetik retinopatiya hisoblanadi. Mazkur kasallik mehnatga layoqatli yoshdagi aholi orasida ko‘rish qobiliyatining pasayishi va ko‘rlikning asosiy sabablaridan biri sanaladi. Hozirgi vaqtda diabetik retinopatiyani davolashning asosiy usullaridan biri retinal lazer fotokoagulyatsiya bo‘lib, u asosan kasallikning kechki bosqichlarida qo‘llaniladi. Shu sababli kasallikning progresiyasini erta bosqichlarda to‘xtatish va ko‘rish funksiyalarini saqlab qolishga qaratilgan konservativ davolash usullarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi yillarda fenofibrat preparatining diabetik retinopatiya rivojlanishini sekinlashtirishdagi o‘rni alohida qiziqish uyg‘otmoqda. FIELD (2005) va ACCORD-Eye (2010) tadqiqotlari fenofibratning diabetik retinopatiya progresiyasini kamaytirishdagi ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Biroq ushbu preparatning mahalliy bemorlardagi klinik samaradorligini baholash masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Files
36-38 Otaboyev Bobur Oybekovich.pdf
Files
(224.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:9455799a0e3eed112429b6c07e21c72f
|
224.9 kB | Preview Download |
Additional details
References
- 1. International Diabetes Federation. IDF Diabetes Atlas, 10th ed. Brussels, Belgium: International Diabetes Federation; 2023. 2. Cheung N., Mitchell P., Wong T.Y. Diabetic retinopathy. The Lancet. 2010;376(9735):124–136. 3. Early Treatment Diabetic Retinopathy Study Research Group. Photocoagulation for diabetic macular edema. Archives of Ophthalmology. 1985;103(12):1796–1806. 4. Keech A.C., Mitchell P., Summanen P.A., et al. Effect of fenofibrate on the need for laser treatment for diabetic retinopathy (FIELD Study). The Lancet. 2007;370(9600):1687–1697. 5. ACCORD Study Group, ACCORD Eye Study Group. Effects of medical therapies on retinopathy progression in type 2 diabetes. New England Journal of Medicine. 2010;363(3):233–244. 6. Wong T.Y., Sun J., Kawasaki R., et al. Guidelines on diabetic eye care. Ophthalmology. 2018;125(10):1608–1622.