Published June 4, 2026 | Version v1

ELEKTRON BIZNESGA O'TISH TALABLARI VA RAQAMLASHTIRISH SHARTLARI

  • 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi mustaqil izlanuvchisi

Description

Ushbu maqolada elektron biznesga o'tish va raqamlashtirish uchun zarur bo'lgan talablar hamda shart-sharoitlar tahlil qilinadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi an'anaviy biznes modellarini tubdan o'zgartirib, raqamli platformalarning shakllanishiga olib kelmoqda. E-biznes transformatsiyasi faqat texnologiyalarni joriy etishni emas, balki tashkiliy, moliyaviy, huquqiy va madaniy moslashuvni ham talab qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, barqaror raqamli infratuzilma, katta ma'lumotlar va sun'iy intellekt asosida qaror qabul qilish tizimlari, kuchli kiberxavfsizlik choralarining mavjudligi, malakali inson kapitali hamda hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlovchi siyosatlar elektron biznesni samarali rivojlantirishning muhim omillari hisoblanadi. Shunday qilib, e-biznesga o'tish korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, samaradorlikni ta'minlash va global bozorga integratsiyalashishda strategik ahamiyat kasb etadi.

Files

SIV4I51P1476.pdf

Files (216.6 kB)

Name Size Download all
md5:24ba99123b633b4df4b95a6e78e5373e
216.6 kB Preview Download