Published June 4, 2026 | Version v1

QO'SHILGAN QIYMAT SOLIG'I VA AKSIZ SOLIG'INING BYUDJET DAROMADLARIDAGI ULUSHI VA BARQARORLIKKA TA'SIRI

  • 1. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Byudjet hisobi vag'aznachilik ishi" kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

Description

Ushbu tadqiqot soliq tizimida to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita soliqlarning o'rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Asosiy e'tibor qo'shilgan qiymat solig'i (QQS) va aksiz soliqlarining davlat daromadlarini shakllantirishdagi roli hamda fiskal barqarorlikni ta'minlashdagi ahamiyatiga qaratilgan. Tadqiqotda daromadga asoslangan soliqlar va iste'molga solinadigan soliqlar o'rtasidagi muvozanat, soliq tushumlarining barqarorligi hamda davlat moliyasini boshqarishdagi samaradorligi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, soliq tushumlarini markaziy va mahalliy boshqaruv darajalari o'rtasida taqsimlash mexanizmlari hamda fiskal transfer tizimlari tahlil qilinadi. Ishda QQSning afzalliklari va kamchiliklari, jumladan byudjet barqarorligini ta'minlashdagi roli, iqtisodiy o'sishga ta'siri va ijtimoiy himoya masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari samarali soliq boshqaruvi, muvozanatli soliq siyosati va maqsadli imtiyozlar fiskal barqarorlikni ta'minlash hamda daromadlar tengsizligini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.

Files

SIV4I51P1475.pdf

Files (388.0 kB)

Name Size Download all
md5:ef796f0ce4f85b1e9b4a43d0ab993c91
388.0 kB Preview Download