Published June 4, 2026 | Version v1

MUSTAQIL ISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISH SHAKL, METOD VA VOSITALARI

  • 1. Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti
  • 2. Buxoro davlat pedagogika instituti 1-kurs magistranti

Description

 Mazkur  maqolada mustaqil ish faoliyatini tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlari, uning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ahamiyati yoritilgan. Mustaqil ta’lim o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini mustahkamlash, ijodiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, shuningdek, o‘z ustida ishlash madaniyatini shakllantirishning muhim omili hisoblanadi. Maqolada mustaqil ishlarning asosiy shakllari, jumladan, referat, loyiha, amaliy topshiriqlar, tadqiqot ishlari va elektron ta’lim resurslari asosida bajariladigan faoliyat turlari tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil ishlarni samarali tashkil etishda qo‘llaniladigan pedagogik metodlar, interfaol yondashuvlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari ko’rib chiqilgan.  

Mustaqil ishlarni rejalashtirish, nazorat qilish va baholash mexanizmlari hamda ularning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalari mustaqil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, axborotni izlash va tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Mazkur maqola ta’lim muassasalari pedagoglari, tadqiqotchilar va talabalari uchun mustaqil ish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalarni taqdim etadi.

Files

305-308.pdf

Files (138.8 kB)

Name Size Download all
md5:cd00ade79734641d4abc9027e4dc842a
138.8 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1.Azizxo'jayeva N.N. "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat". – T.: "Moliya", 2006. – 192 b.
  • 2.Sayidahmedov N. "Yangi pedagogik texnologiyalar". – T.: "Moliya", 2003. – 172 b.
  • 3.Tolipov O'., Sharipov Sh. "Pedagogika". – T.: "Iqtisod-Moliya", 2011. – 320 b.
  • 4.Muslimov N.A. "Kasb ta'limi pedagogikasi". – T.: "O'qituvchi", 2007. – 315 b.
  • 5.Ochilov M. "Yangi pedagogik texnologiyalar". – T.: "Aloqachi", 2000. – 183 b.