Published June 4, 2026 | Version v1

XIV–XV ASRLARDA MOVAROUNNAHRDA ARAB TILI VA GRAMMATIK TAFAKKUR RIVOJI

  • 1. Samarqand davlat chet tillari instituti Sharq tillari kafedrasi 2-bosqich magistranti, Hadis ilmi maktabi o'qituvchisi

Description

Ushbu maqolada XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Movarounnahr hududida arab tilining ilmiy va madaniy hayotdagi o'rni, uning rivojlanish bosqichlari hamda bu jarayonga hissa qo'shgan yirik allomalar faoliyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda arab tili grammatikasi, nahv va sarf ilmlarining Movarounnahrdagi o'rni, ularning madrasaviy ta'lim tizimidagi ahamiyati hamda ilmiy tafakkur rivojiga ko'rsatgan ta'siri yoritilgan. Maqolada Mahmud az-Zamaxshariy, Abdurahmon Jomiy, Sa'id Sharif Jurjoniy, Qozizoda Rumiy va Ali Qushchi kabi olimlarning arab tili grammatikasi, balog'at, mantiq va tafsir ilmlariga oid asarlari tahlil etilgan. Shuningdek, Temuriylar davrida Samarqand, Buxoro, Hirot kabi shaharlarda arab tilida ta'lim olgan ilmiy maktablar, madrasalar va ilmiy markazlarning faoliyati yoritilib, arab tili bu davrda islomiy ilmlar, tafsir, hadis, fiqh, mantiq, astronomiya va tibbiyot sohalarining asosiy tili bo'lib xizmat qilgani ilmiy asosda ko'rsatib berilgan.

Files

ZDITV5I17P1460.pdf

Files (393.8 kB)

Name Size Download all
md5:c73d516d3af58d51717ff21bf632a329
393.8 kB Preview Download