Published June 3, 2026 | Version v1
Journal article Open

VITAMIN D NING POLIKISTIK TUXUMDONLAR SINDROMI PATOGENEZIDAGI MOLEKULYAR MEXANIZMLARI

Description

Polycystic Ovary Syndrome reproduktiv yoshdagi ayollarda keng tarqalgan endokrin-metabolik kasalliklardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda Vitamin D tanqisligi ushbu sindrom rivojlanishida muhim patogenetik omil sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada vitamin D ning insulin signalizatsiyasi, steroidogenez, follikulogenez, yallig‘lanish mediatorlari hamda gen ekspressiyasiga ta’siri bilan bog‘liq molekulyar mexanizmlar zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilindi. Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, vitamin D yetishmovchiligi insulinrezistentlikni kuchaytiradi, androgenlar sintezini oshiradi hamda ovulyator funksiyaning buzilishiga olib keladi.

Bundan tashqari, VDR genlari polimorfizmlarining PTTS rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Vitamin D ning immunomodulyator va antioksidant xususiyatlari surunkali yallig‘lanish hamda oksidlovchi stressni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Olingan ma’lumotlar vitamin D metabolizmi PTTS patogenezining asosiy molekulyar bo‘g‘inlaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Files

18-21.pdf

Files (632.2 kB)

Name Size Download all
md5:b72c5851513945bd912eda33a8e4b41f
632.2 kB Preview Download