Published May 22, 2026 | Version v1
Journal article Open

OLIY TA'LIMDA "SMART EDUCATION" TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI

Description

Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida “Smart Education” texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi ilmiynazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada raqamli ta'lim muhiti, elektron ta'lim platformalari, interaktiv dasturlar, sun'iy intellekt vositalari, masofaviy ta'lim texnologiyalari hamda mobil ta'lim resurslarining ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati yoritilgan. Mualliflar ta'kidlashicha, “Smart Education” texnologiyalari ta'lim jarayonini an'anaviy yondashuvlardan farqli ravishda yanada moslashuvchan, interaktiv va samarali tashkil etish imkonini beradi. Bunday texnologiyalar talabalarning mustaqil bilim olishi, ijodiy fikrlashi, axborotni tahlil qilish va amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, smart texnologiyalar professoro'qituvchilar uchun ta'lim materiallarini zamonaviy shaklda taqdim etish, talabalar faoliyatini monitoring qilish va baholash jarayonini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Maqolada “Smart Education” texnologiyalaridan foydalanish ta'lim sifatini oshirish, talabalarning fanga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish, indi- vidual ta'lim traektoriyasini shakllantirish hamda axborotkommunikatsiya kompetensiyalarini rivojlantirishda muhim omil ekani asoslab berilgan.

Files

641.Dilrabo Amriddinova-Abdulxalilova Surayyo Ahad qizi.pdf

Files (805.0 kB)

Additional details