Published April 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

TIKUVCHILIKDA AVTOMATLASHTIRISH JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Description

Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan avtomatlashtirish jarayonlarini
takomillashtirishning innovatsion yondashuvlari tahlil etiladi. Tadqiqotda kiyim-kechak ishlab chiqarishning texnologik zanjiriga
Sun’iy intellekt (AI) va Sanoat 4.0 tamoyillarini integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilgan. Xususan, gazlamalarni
avtomatlashtirilgan bichish, robotlashtirilgan tikuv tizimlari hamda sifat nazoratida kompyuter ko‘rish (Computer Vision)
texnologiyalaridan foydalanishning texnik-iqtisodiy afzalliklari yoritilgan. Olingan natijalar ishlab chiqarish jarayonlarining
aniqligi, tezkorligi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalarning muhim ahamiyat
kasb etishini ko‘rsatadi. Shuningdek, raqamli transformatsiya vositalarini joriy etish tikuvchilik korxonalarining raqobatbardoshligini
mustahkamlash hamda mahsulot sifatini yaxshilashning muhim omili sifatida asoslangan.

Files

137. Ergasheva Rashida Abdug‘aniyevna.pdf

Files (2.8 MB)

Name Size Download all
md5:1fc2dae264b888df00e0cf986198954b
2.8 MB Preview Download

Additional details