YASHIL LOGISTIKA VA TRANSPORT TIZIMI TRANSFORMATSIYASI ORQALI BARQAROR MAKROIQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHNING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada yashil logistika va transport tizimi transformatsiyasining barqaror makroiqtisodiy o‘sishni
ta’minlashdagi o‘rni hamda uning ilmiy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Hozirgi kunda iqlim o‘zgarishi, atrof-muhit ifloslanishi
va energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bilan bog‘liq muammolar iqtisodiy rivojlanishning yangi
modelini shakllantirish zaruratini yuzaga keltiradi. Shu nuqtai nazardan, yashil logistika transport va logistika jarayonlarini
ekologik talablar asosida tashkil etish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda karbon emissiyasini kamaytirish
orqali iqtisodiy va ekologik manfaatlar uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida Jahon bankining
Logistics Performance Index (LPI) ko‘rsatkichlari, xalqaro tashkilotlar hisobotlari hamda O‘zbekiston Respublikasida
2010–2024-yillar davomida atmosfera havosiga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar dinamikasi asosida tahlillar amalga
oshirildi.
Files
247. Jalolova Madina Shopo‘lat qizi.pdf
Files
(2.2 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:a94ee30dfe8ca697af8f8e94c21e0a4e
|
2.2 MB | Preview Download |