Published June 3, 2026 | Version v1

OLIY TA'LIMDA SUN'IY INTELLEKTDAN SAMARALI FOYDALANISHDA PROMPT INJINIRING KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH

Authors/Creators

Description

Generativ sun’iy intellekt (GenSI) va yirik til modellari (LLM) ta’lim tizimida yangi pedagogik imkoniyatlarni yaratib, inson va sun’iy intellekt (SI) o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirmoqda. Biroq ushbu texnologiyalardan samarali foydalanish darajasi ko‘proq prompt injiniring (PI) kompetensiyasiga bog‘liq bo‘lib bormoqda. Ushbu maqolada PI ning ta’limdagi o‘rni, uning SI savodxonligi (AI literacy) bilan integratsiyasi hamda SI yordamida ta’lim olish (AI-assisted learning) jarayonlariga ta’siri filologik ta’lim kontekstida tahlil qilinadi. Tadqiqot Oriental universitetida arab, turk, xitoy va koreys filologiyasi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 114 nafar talaba ishtirokida 3 hafta davomida o‘tkazilgan amaliy ta’limiy intervensiyaga asoslanadi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, PI tamoyillari asosida ishlash talabalarning topshiriqlarni bajarish sifatini sezilarli darajada oshirdi (65% dan 95% gacha). Tadqiqot PI ni AI literacy ning muhim tarkibiy qismi va zamonaviy ta’limda integrativ pedagogik kompetensiya sifatida talqin qilish zarurligini asoslaydi

Files

EJMTCS 0504.pdf

Files (475.9 kB)

Name Size Download all
md5:dff0c806b23c0baa71ba58ce10a26942
475.9 kB Preview Download