Published June 3, 2026 | Version v1

FUQAROLARNING DAVLAT VA JAMIYAT ISHLARIDA ISHTIROK ETISHNING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI

  • 1. Sarbon universiteti "Huqiqiy fanlar" kafedrasi dotsenti

Description

Mazkur maqolada fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish huquqining konstitutsiyaviy mazmuni, uning demokratik boshqaruv, xalq hokimiyatchiligi, fuqarolik jamiyati va jamoatchilik nazorati bilan uzviy aloqasi ilmiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqaroga siyosiy jarayonlarning passiv kuzatuvchisi sifatida emas, balki davlat hokimiyatini shakllantirish, muhim qarorlar qabul qilinishiga ta’sir ko‘rsatish va davlat organlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyatiga ega faol subyekt sifatida yondashadi. Maqolada ishtirok huquqining referendum, saylov, o‘zini o‘zi boshqarish, murojaat qilish, jamoatchilik nazorati, ochiqlik va raqamli muloqot mexanizmlari orqali ro‘yobga chiqarilishi yoritiladi. Kirish qismida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va Konstitutsiyani amalga oshirishga oid siyosiy-huquqiy yangilanishlar asosida mavzuning dolzarbligi asoslanadi.

Files

nnnnn.pdf

Files (152.1 kB)

Name Size Download all
md5:2c618ffe58d35c2046b855b9b5809c64
152.1 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. (2023). Yangi tahrir. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.
  • 2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-67-son Farmoni. (2023). Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida.
  • 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158-son Farmoni. (2023). "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida.
  • 4. O'zbekiston Respublikasining "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi O'RQ-474-son Qonuni. (2018).
  • 5. Mirziyoyev, Sh. M. (2017). O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent.