Published June 3, 2026 | Version v1
Publication Open

OILAVIY ZO'RAVONLIK JINOYATLARINI OLDINI OLISH BORASIDA XORIJIY TAJRIBA

Authors/Creators

Description

Oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar odatda bir martalik hodisa emas, balki bosqichma-bosqich kuchayib boradigan xavfli jarayondir. Shu sababli bunday qilmishlarga faqat sodir etilgan jinoyatdan keyin jinoiy-huquqiy baho berish yetarli emas. Maqolaning maqsadi xorijiy davlatlarda oilaviy zo‘ravonlik profilaktikasida qo‘llaniladigan huquqiy va tashkiliy modellarning mazmunini aniqlash, ularni funksional jihatdan tasniflash hamda milliy huquqiy tizimga moslashtirish shartlarini asoslashdan iborat. Tadqiqot 2015–2025 yillarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar, tizimli sharhlar, qiyosiy-huquqiy materiallar va ayrim xorijiy amaliyotlar tahliliga tayandi. Qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik, funksional va kriminologik usullar qo‘llanildi. Natijada oilaviy zo‘ravonlik profilaktikasi davlatlar ro‘yxati sifatida emas, balki o‘zaro bog‘langan modellar tizimi sifatida talqin qilindi: ma’muriy-politsiyaviy aralashuv, himoya orderi, sud nazorati, ijtimoiy xizmat, tibbiy aniqlash, raqamli murojaat, bolalarni himoya qilish, tajovuzkor bilan korreksion ishlash va jamoaviy profilaktika. Muallifning qarashlariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun eng maqbul yo‘l xorijiy institutlarni mexanik ko‘chirish emas, balki ularning profilaktik vazifasini – xavfni barvaqt aniqlash, jabrlanuvchini zudlik bilan himoya qilish va takroriy zo‘ravonlikning oldini olish – milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga moslashtirishdir.

Files

CAJAR 0524.pdf

Files (390.5 kB)

Name Size Download all
md5:d0bed3c13fcc32088f55f7dd5e6252be
390.5 kB Preview Download