QO'YLAR GELMINTOZLARINING GO'SHT SIFATIGA TA'SIRI, VETERINARIYA-SANITARIYA VA BIOKIMYOVIY JIHATLARI
Authors/Creators
- 1. Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranti
- 2. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xalqaro hamkorlik bo'yicha prorektor v.f.f.d. Dotsent
Description
Ushbu maqolada qo‘ylarda uchraydigan asosiy gelmintoz kasalliklarining go‘sht mahsuldorligi va go‘sht sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri veterinariya-sanitariya hamda biokimyoviy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Gelmintlar hayvon organizmida metabolik jarayonlarning buzilishi, oqsil-yog‘ almashinuvining izdan chiqishi, intoksikatsiya va immunosupressiyani keltirib chiqaradi. Natijada mushak to‘qimalarining rivojlanishi sustlashadi, go‘shtning kimyoviy tarkibi va organoleptik xususiyatlari yomonlashadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, gelmintozlar bilan zararlangan qo‘ylarda so‘yim chiqimi 8–15 % gacha kamayadi, mushak oqsili miqdori pasayadi va veterinariya ekspertizasi davomida ayrim ichki organlar utilizatsiya qilinadi. Maqolada gelmintozlarning iqtisodiy zarari, sanitariya xavfi va profilaktik choralariga alohida e’tibor qaratilgan.
Files
149-156.pdf
Files
(805.3 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:510c48efee73f85275aec898d038247f
|
805.3 kB | Preview Download |