Published April 25, 2026 | Version v1
Journal Open

ZAMONAVIY QО'G'IRCHOQ TEATRIDA AKTYORLIK SAN'ATINING О'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Description

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrida aktyorlik san’atining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda qo‘g‘irchoqboz aktyorning sahnaviy mahorati, obraz yaratish jarayoni, nutq va ovoz imkoniyatlari, plastik harakatlari hamda qo‘g‘irchoq bilan aktyor o‘rtasidagi ijodiy uyg‘unlik masalalari yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy teatr jarayonida aktyorlik ijrosining an’anaviy usullar bilan bog‘liqligi, innovatsion yondashuvlar, texnik vositalardan foydalanish hamda tomoshabin bilan estetik-badiiy muloqot o‘rnatish usullari tahlil etiladi. Maqolada qo‘g‘irchoq teatrida aktyorning nafaqat ijrochi, balki obrazning ruhiy holatini, ichki kechinmalarini va badiiy ta’sirchanligini ifodalovchi asosiy ijodiy kuch sifatidagi o‘rni asoslab beriladi. Tadqiqot natijasida zamonaviy qo‘g‘irchoq teatrida aktyorlik san’ati sintetik xususiyatga ega bo‘lib, unda dramatik ijro, plastika, nutq madaniyati va texnik boshqaruv unsurlari o‘zaro uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘lishi xulosalanadi.

Kalit so‘zlar: zamonaviy qo‘g‘irchoq teatri, aktyorlik san’ati, qo‘g‘irchoqboz aktyor, sahna mahorati, obraz yaratish, sahnaviy nutq, plastik harakat, ijro madaniyati, badiiy-estetik ta’sir, teatr san’ati, innovatsion yondashuv, tomoshabin bilan muloqot.

Files

Word art April journal 11 (2).pdf

Files (2.4 MB)

Name Size Download all
md5:2239e1edd5b4e5481502c2ba238edad0
2.4 MB Preview Download