NAFS TARBIYASINI AMALGA OSHIRISHDA HISSIY-EMOTSIONAL TA'LIMNING AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada nafs tarbiyasini amalga oshirishda hissiy-emotsional ta’limning pedagogik va psixologik аҳамияти ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Nafs tarbiyasining shaxs ma’naviy kamoloti, axloqiy barqarorligi va o‘zini boshqarish kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, hissiy-emotsional ta’limning talabalarda reflektiv fikrlash, empatiya, hissiy nazorat va ijtimoiy moslashuvchanlikni rivojlantirishdagi imkoniyatlari tahlil etilgan. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim siyosati, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda UNESCO ta’lim konsepsiyalari asosida nafs tarbiyasining zamonaviy pedagogik mazmuni ochib berilgan. Maqolada hissiy-emotsional ta’limning oliy pedagogik ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiyani rivojlantirishdagi ahamiyati ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan asoslab berilgan.