Published May 29, 2026 | Version v1
Journal article Open

XURSHID DO'STMUHAMMAD HIKOYALARIDA AYOL OBRAZINING PSIXOLOGIK TALQINI: "ISMSIZ IZTIROB" KONSEPSIYASI ASOSIDA TAHLIL

Description

Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yetakchi vakillaridan biri Xurshid Do‘stmuhammad ijodida ayol obrazi talqinining psixologik-estetik xususiyatlari tadqiq etiladi va obyekt sifatida yozuvchining “Beozor qushning qarg‘ishi” (2006) to‘plamidan “Vasiy”, “Mahzuna” va “Beozor qushning qarg‘ishi” hikoyalari tanlangan. Z. Freydning “Id – Ego – Superego” psixoanalitik kategoriyalari va U. Jo‘raqulovning “ismsiz iztirob” konsepsiyasi milliy-madaniy kontekstda uyg‘unlashtirib qo‘llaniladi. Qiyosiy-tipologik, psixoanalitik va struktural tahlil usullari asosida X. Do‘stmuhammad poetikasida ayol qahramonning ichki holati bevosita nutq orqali emas, balki bilvosita belgilar: takroriy harakat, “begona manzil”ga qaratilgan murojaat, ramziy detal va ochiq yakun orqali ifodalanadi. Bu esa o‘zbek hikoyachiligida ayol obrazining an’anaviy funksional qoliplardan holi bo‘lgan yangi bosqichiga yo‘l ochadi.

Files

1079-1084.pdf

Files (633.1 kB)

Name Size Download all
md5:7ab818dc6d1c4c818c02c863cb56b9bb
633.1 kB Preview Download