MAHALLA INSTITUTINING IJTIMOIY-IQTISODIY TIZIMDAGI O'RNI VA YOSHLAR BILAN ISHLASHDAGI ROLI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda mahalla institutining jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tizimidagi o‘rni, uning fuqarolar farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati hamda yoshlar bilan ishlashdagi asosiy funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalla tizimi orqali yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, innovatsion va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish masalalari yoritilgan. Tezisda mahallaning davlat va jamiyat o‘rtasidagi muhim ijtimoiy institut sifatidagi roli, yoshlar muammolarini hal etishdagi amaliy mexanizmlar hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari mahalla institutining yoshlar tarbiyasi, ijtimoiy himoyasi va iqtisodiy faolligini oshirishdagi ahamiyati tobora ortib borayotganini ko‘rsatadi.