OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA NOGIRONLIK MASALALARINI YORITISHDA IJTIMOIY-HUQUQIY MODEL VA TO'G'RI TERMINOLOGIYANING AHAMIYATI
Description
Mazkur tezisda ommaviy axborot vositalarida nogironlik masalalarini yoritishda qo‘llaniladigan media modellar, to‘g‘ri terminologiya va ijtimoiy-huquqiy yondashuvning ahamiyati tahlil qilinadi. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslarning media obrazida tibbiy, xayriya va “ibrat” modellarining hanuz saqlanib qolayotgani, bunday yondashuvlar tashqi jihatdan ijobiy ko‘rinsa-da, amalda nogironlikni shaxsning individual muammosi, yordamga muhtojlik holati yoki favqulodda matonat belgisi sifatida ko‘rsatishi asoslanadi. Tezisda nogironlik mavzusini yoritishda shaxsni rahm-shafqat yoki qahramonlik obyekti sifatida emas, balki huquq egasi, jamiyatning teng a’zosi va mustaqil ijtimoiy subyekt sifatida talqin qilish zarurligi ochib beriladi. Shuningdek, noto‘g‘ri terminologiya va stereotipik tasvirlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatdagi vakilligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shu bois jurnalistika amaliyotida inklyuziv muloqot madaniyatini shakllantirish zarurligi asoslanadi.
Kalit so‘zlar: nogironlik, ommaviy axborot vositalari, media model, ijtimoiy-huquqiy model, tibbiy model, xayriya modeli, “ibrat” modeli, to‘g‘ri terminologiya, inklyuziv kommunikatsiya, media etikasi.