Published May 28, 2026 | Version v1

QO'SHMA SO'ZLARNING KOGNITIV-STILISTIK XUSUSIYATLARI VA MA'NO SHAKLLARI

Description

Annotatsiya. Mazkur maqolada qo‘shma so‘zlarning kognitiv-stilistik xususiyatlari zamonaviy tilshunoslik nazariyalari asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘shma so‘zlarning hosil bo‘lish kognitiv mexanizmlari, ularning konseptual asoslari hamda nutqdagi uslubiy vazifalari yoritilgan. Maqolada konseptual metafora, metonimiya va konseptual integratsiya (blending) nazariyalari asosida qo‘shma so‘zlarning ma’no shakllanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, qo‘shma so‘zlarning badiiy, publitsistik va so‘zlashuv uslublarida qanday stilistik funksiyalarni bajarishi izohlanadi. O‘zbek tilidagi qo‘shma so‘zlarning kognitiv-semantik tabiati va ularning emotsional-ekspressiv salohiyati ko‘rib chiqilib, ularning shunchaki morfologik birikma emas, balki murakkab kognitiv jarayonlar mahsuli ekanligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari qo‘shma so‘zlarning til egasining olamni anglash va idrok etish usullarini aks ettiruvchi muhim til birliklari ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: qo‘shma so‘z, kognitiv lingvistika, konseptual metafora, konseptual integratsiya, so‘z yasalishi, stilistika, semantik motivatsiya, idrok, til manzarasi.

Files

163-172.pdf

Files (776.9 kB)

Name Size
md5:7ef69f4f4e9100d0007681a6c1f994d6
776.9 kB Preview Download