Published May 28, 2026 | Version v1

SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING TA'LIM TIZIMIDAGI O'RNI VA SAMARADORLIGI

Description

Annotatsiya: Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri hamda ta’lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalari ta’limning barcha bosqichlariga kirib borib, individual o‘qitish, avtomatlashtirilgan baholash, masofaviy ta’lim va adaptiv o‘quv platformalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Tadqiqot davomida ilmiy adabiyotlar, xorijiy tajribalar va O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan raqamlashtirish jarayonlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish o‘quvchilarning bilim olish motivatsiyasi, mustaqil fikrlashi hamda o‘quv jarayonining sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, maqolada mazkur texnologiyalarni joriy etishdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar ham yoritilgan.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, axborot texnologiyalari, adaptiv ta’lim, elektron ta’lim, ta’lim samaradorligi, raqamli transformatsiya.

Files

174-179.pdf

Files (436.4 kB)

Name Size
md5:6b78ed616d38723a8cbb4306b6cecfe3
436.4 kB Preview Download