ZAMONOAVIY FARMATSEVTIK TEXNALOGIYALARDA BIOLOGIK FAOL MODDALARNI YETKAZIB BERISH TIZIMLARI
Description
Kalit so’zlar: Biologik faol moddalar, dori yetkazib berish tizimlari, maqsadli dori yetkazib berish, nazoratli chiqarilish tizimlari, nanozarrachalar, liposomalar, polimer asosidagi tashuvchilar, mikrokapsulatsiya, gidrogellar, farmakokinetika,
Annotatsiya:Ushbu maqolada zamonaviy farmatsevtik texnologiyalarda biologik faol moddalarni (BFM) samarali yetkazib berish tizimlarining rivojlanish tendensiyalari va ularning amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. An’anaviy dori shakllari bilan bog‘liq muammolar, jumladan past bioo‘zlashtirilish, noaniq ta’sir va yon ta’sirlarning yuqoriligi zamonaviy dori yetkazib berish tizimlarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada nanozarrachalar, liposomalar, polimer asosidagi tashuvchilar, gidrogellar va mikrokapsulatsiya kabi innovatsion yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.