Published May 28, 2026 | Version v1

NOGIRONLIK MAVZUSINI YORITISHDA INKLYUZIV MEDIA MAHSULOT YARATISHNING TAHRIRIY VA KOMMUNIKATIV MEZONLARI

Description

Mazkur maqolada nogironlik mavzusini ommaviy axborot vositalarida yoritishda inklyuziv media mahsulot yaratishning tahririy, texnologik va kommunikativ mezonlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda nogironlikka oid materiallarning mazmunan to‘g‘ri bo‘lishi bilan bir qatorda, ularning turli nogironlik guruhlari uchun foydalanishga qulay shaklda taqdim etilishi ham muhimligi asoslanadi. Maqolada media inklyuzivligi faqat to‘g‘ri terminologiya yoki etik tasvir bilan chegaralanmasligi, balki subtitr, imo-ishora tili tarjimasi, audio tavsif, muqobil matn, screen-readerga mos interfeys, sodda tildagi axborot va “accessible by design” tamoyili bilan uzviy bog‘liq ekani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, nogironlik mavzusini yoritishda tahririyatlarning ichki standartlari, jurnalistlar uchun trening-modullar, media keyslar, vizual materiallarni baholash va intervyu madaniyatini takomillashtirish zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Maqola yakunida OAVda nogironlik mavzusini yoritish bo‘yicha inklyuziv tahririy siyosatni shakllantirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqiladi.

Kalit so‘zlar: nogironlik, OAV, inklyuziv media, accessibility, audio tavsif, subtitr, screen-reader, tahririyat standarti, media etikasi, kommunikativ tenglik.

Files

50-61.pdf

Files (493.7 kB)

Name Size
md5:2ef147371ba8f38ac6c32ecfec2339a8
493.7 kB Preview Download