RAQAMLI TURIZM MUHITINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI
Description
Ushbu maqolada turizm sohasida raqamli transformatsiya jarayonlarining nazariy va amaliy jihatlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning turizm industriyasi rivojiga ta’siri, jumladan, turistik xizmatlarni individuallashtirish, multimedia vositalaridan samarali foydalanish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining integratsiyalashuvi sohaning muhim rivojlanish omillari sifatida baholangan. Shuningdek, O‘zbekistonda turizm sektorini modernizatsiya qilish va uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan islohotlar hamda strategik dasturlar doirasida raqamli yechimlarni joriy etish jarayonlari tahlil etilgan. Maqolada raqamli platformalar, katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), sun’iy intellekt va boshqa innovatsion texnologiyalarning turizm xizmatlari sifatini oshirish, boshqaruv samaradorligini ta’minlash hamda mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar tizimini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot natijalari turizm sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va innovatsion rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar ishlab chiqish imkonini beradi.