Published May 23, 2026 | Version v1

O'ZBEKISTONDA SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMINI TARTIBGA SOLUVCHI NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR VA ULARNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI TAHLILI

  • 1. Mustaqil izlanuvchi

Description

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning shakllanishi, takomillashuvi va bosqichma-bosqich transformatsiyasi tahlil qilinadi. Tadqiqotda sog‘liqni saqlash tizimining konstitutsiyaviy asoslari, bazaviy tarmoq qonunlari, maxsus yo‘nalishlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar hamda 2018–2025 yillarda qabul qilingan tizimni isloh qilishga qaratilgan hujjatlarining mazmuni ochib beriladi. Muallif sog‘liqni saqlash tizimi rivojida umumiy huquqiy poydevor yaratish, ixtisoslashgan huquqiy tartibga o‘tish, boshqaruvni modernizatsiya qilish, sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni kuchaytirish, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish va birlamchi bo‘g‘inni qayta tashkil etish bosqichlarga  ajratadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimini normativ-huquqiy tartibga solishning rivojlanishi  “davlat kafolati — institutsional boshqaruv — moliyalashtirishning yangi modeli — xizmatlar sifati va ochiqligi” shaklida rivojlanayotgani asoslab beriladi.

Files

447-451.pdf

Files (211.6 kB)

Name Size
md5:a564bea0a73fbc325b3bb8f1a2a1133f
211.6 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1.O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2023-yil 30-aprel.
  • 2.O'zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi "Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi qonuni.
  • 3.O'zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-apreldagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to'g'risida"gi qonuni..
  • 4.O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 26-avgustdagi O'RQ-393-son "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida"gi qonuni.
  • 5.O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 23-sentabrdagi O'RQ-353-son "Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonuni.