Published May 23, 2026 | Version v1

PEDAGOGIK AMALIYOTDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

  • 1. Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika yo'nalishi 2-bosqich talabasi
  • 2. Ilmiy rahbari

Description

Mazkur maqolada pedagogik amaliyot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning mazmuni, ahamiyati va samaradorligi keng yoritilgan. Bugungi kunda ta'lim tizimini modernizatsiya qilish, o'quv jarayonini samarali tashkil etish hamda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar muhim o'rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, pedagogik amaliyot jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Maqolada interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), multimedia vositalari, elektron ta'lim resurslari, muammoli ta'lim, hamkorlikda o'qitish va loyiha asosida o'qitish texnologiyalarining amaliyot jarayonidagi o'rni va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o'quvchilarning faolligini oshirishi, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantirishi hamda ta'lim sifatini yaxshilashi asoslab berilgan. Pedagogik amaliyot davomida o'qituvchining innovatsion yondashuvi va zamonaviy vositalardan samarali foydalanish malakasi ham muhim omil sifatida ko'rib chiqilgan.

Files

YOV4I50P910.pdf

Files (103.0 kB)

Name Size Download all
md5:27afdbd865f0154e5149658a24521655
103.0 kB Preview Download