INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA "SADOQAT" KONSEPTINING QIYOSIY-SEMANTIK TADQIQI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda ingliz va o‘zbek tillaridagi “sadoqat” konseptining diaxron semantik taraqqiyoti qiyosiy-kognitiv aspektda tahlil qilinadi. Tadqiqotda XIV–XXI asrlarga oid badiiy, publitsistik va zamonaviy diskurs materiallari asosida “sadoqat” konseptining semantik kengayishi, konseptual transformatsiyasi hamda tarixiy taraqqiyot jarayonidagi o‘zgarishlari o‘rganildi. Tahlil natijalari ingliz tilida loyalty, allegiance, fidelity, devotion kabi leksemalarning funksional differensiatsiyaga uchraganligini, o‘zbek tilida esa vafo, sidq, sodiq, fido birliklarining asta-sekin “sadoqat” leksemasi atrofida semantik markazlashuv hosil qilganligini ko‘rsatdi. Shuningdek, konseptning hissiy-shaxslararo ma’nolardan institutsional, mafkuraviy, professional va iqtisodiy diskurslarga qadar kengaygani aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi “sadoqat” konseptining tarixiy taraqqiyotini ingliz tilida semantik differensiatsiya, o‘zbek tilida esa semantik markazlashuv modeli asosida talqin qilish bilan belgilanadi.