TO'LQIN HAYIT HIKOYALARIDA MILLIY QADRIYATLARNING BADIIY TAHLILI
Authors/Creators
Description
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalarda milliy qadriyatlarimiz juda chiroyli, mazmunli va sermahsul jumlalar bilan tasvirlangan. Hikoyalarda keltirilgan badiiy detallar ham milliy qadriyatning ko‘zga ko‘rinarli namunasi hisoblanadi. Misol uchun yozuvchining birgina “Eski do‘ppi” hikoyasini oladigan bo‘lsak, asar qahramoni, ya’ni Shavkat ismli og‘ir-bosiq bolaning, yosh bo‘lishiga qaramay o‘ziga bo‘gan ishonchi, bolalik jasorati sinfdoshlarini hayratda qoldirdi. Shavkat otasidan erta ajralgan, bu og‘ir judolik uning beg‘ubor bolaligini tortib olgan edi. Yozuvchi o‘zbekning o‘ziga bek yigitlariga xos bo‘lgan mardlik, qa’tiyat va dovyuraklik belgilarini Shavkat obrazi orqali gavdalantirgan. Buni kitobxon bevosita hikoyani o‘qish davomida sezadi.