MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINISHIDA TOMONLAR HUQUQLARI VA ADVOKAT ROLI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada mehnat shartnomasi bekor qilinishi jarayonida tomonlar huquqlarining huquqiy kafolatlari hamda advokatning roli tahlil qilinadi. Mehnat munosabatlarida ishdan bo‘shatish asoslari, protsessual tartiblar va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi o‘rganilib, mavjud muammolar aniqlanadi. Shuningdek, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi huquqiy muvozanatni ta’minlashda advokatning preventiv va himoya funksiyalari yoritiladi. Tadqiqotda zamonaviy mehnat munosabatlari, raqamli iqtisodiyot sharoiti va nizolarni hal etish mexanizmlarining ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Natijalar mehnat huquqi amaliyotini takomillashtirish va huquqiy himoya tizimini kuchaytirishga xizmat qiladi.